ABACUS mikromoliya tashkilotlari faoliyatiga nisbatan qonunchilikda belgilangan maxsus talablarni hisobga olgan holda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berishning huquqiy modelini ishlab chiqdi.
Loyiha mijoz bilan ishlashning mikroqarz so‘rab murojaat qilish va shartnoma tuzishdan to qarzdorlikni so‘ndirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarini, jumladan, majburiy undirish tartib-taomillarini ham qamrab oldi.
