Jinoyat va ma’muriy huquq bo‘yicha faoliyatimiz
ABACUS jinoyat va ma’muriy huquq amaliyoti davlat tashkilotlari va xususiy mijozlar ishtirokidagi jinoyat va ma’muriy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatadi. Amaliyot yuristlari murakkab huquqiy masalalar yuzasidan davlat organlari va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Amaliyotga hamkor Umidjon Olimjonov rahbarlik qiladi.
Amaliyot yuristlari
Ushbu yo‘nalishdagi loyihalar va ishlar
Jinoyat ishi yuritishda xorijiy fuqaro manfaatlarini himoya qilish
ABACUS pul majburiyatlarining bajarilmasligi bilan bog‘liq firibgarlik to‘g‘risidagi jinoyat ishida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosining manfaatlarini ifoda etdi.
Tashqi reklama obyektlari bo‘yicha ma’muriy nizo
ABACUS tashqi reklama obyektlari uchun pasport olish masalasi yuzasidan davlat organlari bilan bo‘lgan nizoda Media Lux kompaniyasi vakili sifatida ishtirok etdi.

