ABACUS yuridik firmasining jinoyat va ma’muriy huquq amaliyotiga rahbarlik qiladi. Davlat tashkilotlari va xususiy mijozlar ishtirokidagi jinoyat hamda ma’muriy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatadi. Sport, mehnat va xalqaro xususiy huquq masalalari yuzasidan maslahat beradi.
Umidjon Olimjonov — ABACUS yuridik firmasining hamkori, jinoyat va ma’muriy huquq amaliyoti rahbari. Jinoyat va ma’muriy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatishga, sport va mehnat huquqi, shuningdek, xalqaro xususiy huquq masalalari bo‘yicha maslahat berishga ixtisoslashgan.
Korporativ qayta tuzish va mehnat qonunchiligi masalalari yuzasidan maslahat berish, bitimlar hamda tijorat shartnomalarini tuzishda huquqiy yordam ko‘rsatish tajribasiga ega. Sport tashkilotlari va uyushmalarining manfaatlarini ifoda etadi, murakkab huquqiy masalalarni hal etishda davlat organlari hamda xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qiladi.
Uning sohaviy tajribasi infratuzilma va qurilish, chakana savdo hamda sportni qamrab oladi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida LL.B., Toshkent davlat yuridik universitetida esa LL.M. darajasini olgan. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.
- Davlat tashkilotlari va xususiy mijozlar ishtirokidagi jinoyat va ma’muriy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish.
- Korporativ qayta tuzish va mehnat qonunchiligi masalalari bo‘yicha maslahat berish.
- Bitimlar va tijorat shartnomalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash.
- Sport tashkilotlari va uyushmalarining manfaatlarini ifoda etish.
- Murakkab huquqiy masalalar yuzasidan davlat organlari va xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlik qilish.

