Raqamli biznes bo‘yicha faoliyatimiz
Raqamli biznes amaliyoti texnologik biznes va raqamli iqtisodiyot loyihalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlaydi. Alohida yuristlar jamoasi IT-kompaniyalar, startaplar va raqamli platformalarga rivojlanishning barcha bosqichlarida huquqiy yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan — yuridik tuzilmani yaratish va intellektual mulk huquqlarini rasmiylashtirishdan tortib investitsiya jalb qilish, biznes ko‘lamini kengaytirish va xalqaro bozorlarga chiqishgacha.
Amaliyot yuristlari elektron tijorat, marketpleyslar, SaaS-platformalar, moliyaviy texnologiyalar, to‘lov xizmatlari, tibbiyot va ta’lim texnologiyalari, mobil ilovalar, bulutli yechimlar, IT-autsorsing, sun’iy intellekt, raqamli marketing, telekommunikatsiyalar va shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish sohalaridagi loyihalarga huquqiy xizmat ko‘rsatish tajribasiga ega. Jamoa dasturiy ta’minotni litsenziyalash, foydalanuvchi hujjatlari, elektron hujjat aylanishi, raqamli to‘lovlar, intellektual mulkni himoya qilish, ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, komplayens, reklama to‘g‘risidagi qonunchilik va regulyatorlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahat beradi.
Amaliyot yuristlari




Ushbu yo‘nalishdagi loyihalar va ishlar
Deepen Run & Walk Challenge xalqaro raqamli sport loyihasi
ABACUS mobil ilova orqali o‘tkaziladigan xalqaro sport chellenjining huquqiy modelini ishlab chiqdi.
Robosell uchun White Label modeli
ABACUS Robosell dasturiy mahsuloti uchun White Label modelini joriy etishda huquqiy xizmat ko‘rsatdi va dasturiy ta’minotdan foydalanish hamda intellektual mulkka bo‘lgan huquqlarni taqsimlashning shartnomaviy mexanizmini ishlab chiqdi.
Joymee startapining investitsiya raundi
ABACUS Joymee startapining investitsiya raundida yuridik maslahatchi sifatida ishtirok etdi: bitimni tuzilmalashtirdi, hujjatlarni tayyorlab, taraflar bilan kelishib oldi va ular o‘rtasidagi muzokaralarda qatnashdi.
