Karina Hamidova

Karina Hamidova

Bosh yurist

Raqamli biznes

Butun jamoa
Faoliyati

Intellektual mulk, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, elektron tijorat va shartnoma huquqi masalalariga ixtisoslashgan.

Yurist haqida

Karina intellektual mulk, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, elektron tijorat va shartnoma huquqi masalalariga ixtisoslashgan. Mijozlarga mualliflik huquqi obyektlarining huquqiy muhofazasi va himoyasi, IT va raqamli xizmatlar sohasidagi loyihalarni huquqiy qo‘llab-quvvatlash hamda intellektual faoliyat natijalarini tijoratlashtirish masalalari bo‘yicha maslahat beradi.

ABACUS jamoasi tarkibida axborot texnologiyalari, elektron tijorat, media va kreativ industriyalar sohalaridagi kompaniyalarga har tomonlama huquqiy yordam ko‘rsatadi. Litsenziya shartnomalari va ommaviy ofertalarni, ochiq kodli dasturlarga oid litsenziya kelishuvlarini, patent huquqlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi kelishuvlarni ishlab chiqish, shuningdek, tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish va mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega.

Asosiy amaliyotidan tashqari, Karina musiqa, fotografiya, moda va san’atning boshqa yo‘nalishlaridagi yosh ijodkorlarga intellektual huquqlarini himoya qilish masalalarida pro bono asosida huquqiy ko‘mak beradi.

Qozon federal universitetining yuridik fakultetini (LL.B.) tamomlagan. Mobility Direct dasturi doirasida Lodz universiteti (Polsha) stipendiati bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida stajirovka o‘tagan. Rus, ingliz va nemis tillarini biladi.

Ish yo‘nalishlari
Shu yo‘nalishdagi hamkasblar
ABACUS jamoasi

Masalangizni yurist bilan muhokama qiling

Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.

+998 97 733 30 40