Mushtariykhon Islamkhodjaeva

Mushtariykhon Islamkhodjaeva

Yurist

Tijorat huquqi

Butun jamoa
Faoliyati

Korporativ va jinoyat huquqi, mikromoliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga ixtisoslashgan.

Yurist haqida

Mushtariykhon korporativ va jinoyat huquqi, mikromoliya tashkilotlari faoliyatini tartibga solish, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, transport-ekspeditorlik xizmatlari va xalqaro tashishlar masalalariga ixtisoslashgan.

U mikromoliya tashkilotlari uchun hujjatlar tayyorlash, xalqaro tashish shartnomalarini ishlab chiqish, mahsulotlarni markirovkalash va shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini joriy etish masalalari bo‘yicha maslahat berish, shuningdek, komplayens tartib-taomillarini shakllantirishda ishtirok etadi. Chakana savdo, elektron tijorat va mikromoliyalash sohalaridagi mijozlar bilan ishlaydi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida LL.B., Toshkent davlat yuridik universitetida LL.M. va PhD darajalarini olgan. Kam ta’minlangan fuqarolarning manfaatlarini pro bono asosida ifoda etadi. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.

Ish yo‘nalishlari
Shu yo‘nalishdagi hamkasblar
ABACUS jamoasi

Masalangizni yurist bilan muhokama qiling

Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.

+998 97 733 30 40