ABACUS yuridik firmasining korporativ huquq amaliyotiga rahbarlik qiladi. Korporativ va shartnoma huquqi, qo‘shilish va qo‘shib olish (M&A), biznesni tuzilmalashtirish va qayta tuzish, litsenziyalash hamda regulyativ masalalar, investitsiya va tijorat loyihalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan.
Rustam Akramov — ABACUS yuridik firmasining hamkori, korporativ huquq amaliyoti rahbari. Korporativ, shartnoma va mehnat huquqi, litsenziyalash va regulyativ masalalar, investitsiya hamda tijorat loyihalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, qo‘shilish va qo‘shib olish (M&A) bitimlariga ixtisoslashgan.
Biznesni tuzilmalashtirish va qayta tuzish masalalari bo‘yicha maslahat beradi, kompaniyalarga joriy faoliyatida huquqiy xizmat ko‘rsatadi va bitimlarni huquqiy jihatdan ta’minlaydi. Korporativ boshqaruv hamda regulyativ talablarga rioya etish masalalari bo‘yicha ham maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi. Investitsiya va infratuzilma loyihalarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash tajribasiga ega.
Uning sohaviy tajribasi neft-gaz sanoati, sanoat ishlab chiqarishi, axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlar, bank-moliya sektori, qurilish va ko‘chmas mulkni rivojlantirish, iste’mol tovarlari savdosi va distributsiyasi, shuningdek, energetikani qamrab oladi.
- Neft-gaz, to‘qimachilik, avtomobilsozlik, qurilish va boshqa sohalarda biznesni tuzilmalashtirish, mahalliy, xorijiy va qo‘shma korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish masalalari bo‘yicha maslahat berish.
- Rossiya Federatsiyasining yirik neft-gaz kompaniyasi manfaatlarini ko‘zlab, «O‘zbekneftgaz» AJ bilan muzokaralarda ishtirok etish va tegishli hujjatlarni tayyorlash.
- Rossiyaning yirik kompaniyasiga quduqlarni burg‘ulash, ishlatish va konservatsiya qilish jarayonida ekologik talablarga rioya etish masalalari bo‘yicha maslahat berish.
- Yirik maishiy texnika ishlab chiqaruvchisiga tovarlarni import qilishda bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona imtiyozlaridan foydalanish masalalari bo‘yicha maslahat berish.
- Yirik alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchisidagi ulushlarni sotib olish bitimlarini va korxonani qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni huquqiy qo‘llab-quvvatlash.
- O‘zbekiston Respublikasida arab xolding kompaniyasini tashkil etish tuzilmasi va bosqichma-bosqich rejasini ishlab chiqish.
MDH mamlakatlari, Yevropa, Markaziy Osiyo, Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA).
Yuridik klinikalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.





