Bank va moliya huquqi bo‘yicha faoliyatimiz
O‘zbekiston moliya sektorini tartibga solish masalalarida, jumladan, Markaziy bank va Moliya vazirligi bilan ishlashda chuqur tajribaga egamiz.
Amaliyot yuristlari
Ushbu yo‘nalishdagi loyihalar va ishlar
TBC FIN SERVICE tovar iste’mol krediti berishning huquqiy modeli
ABACUS jismoniy shaxslarga tovar iste’mol kreditini berish jarayoni uchun huquqiy hujjatlarni ishlab chiqdi.
UNA MOLIYA mikromoliyalash loyihasi
ABACUS mikromoliya tashkilotlari faoliyatiga nisbatan qonunchilikda belgilangan maxsus talablarni hisobga olgan holda jismoniy shaxslarga mikroqarzlar berishning huquqiy modelini ishlab chiqdi.
IPS Gateway to‘lov infratuzilmasida shaxsga doir va bank ma’lumotlari
ABACUS uchinchi shaxslarning tovar va xizmatlari uchun haq to‘lashda jismoniy shaxslarning shaxsga doir va bank kartasi ma’lumotlarini olish, ularga ishlov berish hamda ularni uzatish modelini ishlab chiqish va joriy etishda huquqiy yordam ko‘rsatdi.

