Akmal Sharopov

Akmal Sharopov

Birgalikda boshqaruvchi hamkor

Raqamli biznes amaliyoti rahbari

Butun jamoa
Faoliyati

ABACUS yuridik firmasining raqamli biznes amaliyotiga rahbarlik qiladi. Axborot texnologiyalari va raqamli mahsulotlarni huquqiy tartibga solish, intellektual mulk va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, investitsiyalar hamda bitimlarni tuzilmalashtirish, shartnoma va soliq huquqi masalalariga ixtisoslashgan.

Yurist haqida

Akmal Sharopov — ABACUS yuridik firmasining birgalikda boshqaruvchi hamkori, raqamli biznes amaliyoti rahbari. Shartnoma va soliq huquqi, intellektual mulk, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, investitsiyalarni tuzilmalashtirish hamda axborot texnologiyalarini huquqiy tartibga solish masalalari bo‘yicha maslahat beradi.

Uning sohaviy tajribasi dasturiy ta’minot ishlab chiqish, SaaS-platformalar va raqamli mahsulotlar, moliyaviy texnologiyalar (FinTech), elektron tijorat, media, venchur investitsiyalar va texnologik startaplarni qamrab oladi. Akmalning amaliyoti investitsiya bitimlarini huquqiy qo‘llab-quvvatlash, raqamli mahsulotlarni tartibga solish va intellektual mulkni himoya qilishni o‘z ichiga oladi.

Asosiy loyihalar
  • Yirik moliyaviy guruhning O‘zbekiston bozoriga kirishini huquqiy qo‘llab-quvvatlash.
  • Nazarda tutilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish maqsadida kompaniyalar guruhini IT Park Uzbekistan talablariga muvofiq tuzilmalashtirish.
  • O‘zbekistonda moliyaviy (FinTech), tibbiy (MedTech) va ta’lim (EdTech) texnologiyalari hamda elektron tijorat loyihalarini ishga tushirishni huquqiy qo‘llab-quvvatlash.
  • Axborot texnologiyalari uskunalarini yetkazib berish bilan bog‘liq tashqi iqtisodiy faoliyat loyihalarini tuzilmalashtirish.
  • Kompaniyalar guruhining tashqi iqtisodiy faoliyatini soliq jihatidan tuzilmalashtirish.
Loyihalar geografiyasi

MDH mamlakatlari, Yevropa, Markaziy Osiyo, Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (MENA).

Pro bono faoliyati

Pro bono asosida yuridik klinikalar va hayvonlarni himoya qilish tashkilotlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ish yo‘nalishlari
ABACUS jamoasi

Masalangizni yurist bilan muhokama qiling

Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.

+998 97 733 30 40