Investitsiyalar

O‘zbekistonda yangi xalqaro moliyaviy yurisdiksiya tashkil etilmoqda

2026-yil 10-iyulda Toshkent xalqaro moliya markazini (TXMM) tashkil etish to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu mamlakat investitsiya va moliya infratuzilmasini rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi.

TXMM xalqaro biznes uchun tushunarli va oldindan bashorat qilinadigan shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy huquqiy mexanizmlar qo‘llanilishini ta’minlash hamda O‘zbekistonning xorijiy investorlar uchun jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.

TXMMning biznes uchun jozibadorligi nimada

Yangi yurisdiksiya quyidagilarni nazarda tutadi:

  • ingliz umumiy huquqi tamoyillarini qo‘llash;
  • mustaqil xalqaro tijorat sudi;
  • alohida moliyaviy regulyator;
  • kapitalning erkin harakati;
  • maxsus soliq va bojxona shart-sharoitlari;
  • investitsiyalar va mulkiy huquqlar himoyasi.

TXMM kimlar uchun tashkil etilmoqda

  • banklar va moliya tashkilotlari;
  • investitsiya fondlari;
  • boshqaruvchi kompaniyalar;
  • xolding tuzilmalari va maxsus maqsadli kompaniyalar (SPV);
  • moliyaviy texnologiyalar sohasidagi kompaniyalar va raqamli kompaniyalar;
  • xorijiy investorlar va xalqaro biznes.

TXMM xalqaro bitimlar va investitsiyalarni tuzilmalashtirish uchun yangi maydonga aylanishi kerak.

ABACUS qanday yordam bera oladi

Jamoamiz yetakchi xalqaro moliya markazlaridagi loyihalarni olib borish tajribasiga ega:

  • DIFC — Dubai International Financial Centre (BAA);
  • ADGM — Abu Dhabi Global Market (BAA);
  • AIFC — Astana International Financial Centre (Qozog‘iston);
  • QFC — Qatar Financial Centre (Qatar).

TXMMdagi loyihalarni har tomonlama huquqiy qo‘llab-quvvatlash — biznes tuzilmasini tanlash va kompaniyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan tortib litsenziyalash, investitsiya va M&A bitimlariga huquqiy xizmat ko‘rsatishgacha.

TXMM haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40