Natijada loyiha xalqaro investitsiyalarni muvaffaqiyatli jalb qildi va yangi bozorlarda faoliyat ko‘lamini yanada kengaytirish uchun huquqiy asosga ega bo‘ldi.

ABACUS texnologik startapga mablag‘ jalb qilish bilan bog‘liq investitsiya loyihasini har tomonlama huquqiy qo‘llab-quvvatladi. Ish investitsiya bitimini tuzilmalashtirish, korporativ hujjatlarni tayyorlash, loyiha ishtirokchilari o‘rtasidagi muzokaralarda qatnashish, shuningdek, investitsiya kiritishning barcha bosqichlarida mijoz manfaatlarini himoya qilishni o‘z ichiga oldi. Bundan tashqari, jamoa mijozga korporativ boshqaruv va biznesni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatlar berdi.
