FIDIC, qurilish va infratuzilma

Qurilish va infratuzilma loyihalariga huquqiy xizmat ko‘rsatish

Loyiha turi
FIDIC / qurilish / infratuzilma
Hudud
O‘zbekiston

ABACUS jamoasi xorijiy pudratchilar va xalqaro maslahatchilar ishtirokida amalga oshiriladigan yirik qurilish, infratuzilma va EPC loyihalarida yuridik maslahatchi sifatida ishtirok etish bo‘yicha amaliy tajribaga ega. Bunday loyihalar qatoriga suv omborlari va gidrotexnika inshootlarini qurish, kanallarni, jumladan, Taxiatosh kanallar tizimini, Xazarbog‘ va Oqqapchig‘ay kanallarini rekonstruksiya qilish va qurish, shuningdek, UzGTL, «Navoiyazot» hamda Qandim–Hauzak–Shodi sanoat va neft-gaz loyihalari kiradi.

Ishda FIDIC Red Book, Yellow Book va Silver Book mexanizmlari, shuningdek, moslashtirilgan shartnoma shakllari qo‘llaniladi. Jamoa maxsus shartlar (Particular Conditions), o‘zgartirishlar (Variations), muddatlarni uzaytirish (Extension of Time), qo‘shimcha xarajatlar va shartnoma narxiga tuzatish kiritish, talabnomalar (claims) va shartnomaviy bildirishnomalar (notices), shuningdek, kechikishlar, nuqsonlar, ishlarni qabul qilish, to‘lovlar va shartnomani bekor qilish masalalari bilan ishlaydi.

FIDIC shartlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining imperativ normalari bilan qiyoslash alohida ahamiyatga ega: bu nafaqat shartnomaviy xatarlarni, balki shartnomada nazarda tutilgan mexanizmlarning amalda ijro etilishi mumkinligini ham baholash imkonini beradi.

O‘xshash masalangiz bormi?

Loyihangizni jamoa bilan muhokama qiling

Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.

+998 97 733 30 40