Yangiliklar

ABACUS Law Firm — 9 yillik ishonch va natijalar

To‘qqiz yillik faoliyati davomida ABACUS Law Firm biznes, investorlar va tadbirkorlar uchun ishonchli huquqiy hamkor sifatida tanildi.

Shu yillar mobaynida kompaniya yuzlab loyihalarni amalga oshirishda, murakkab bitimlarni huquqiy qo‘llab-quvvatlashda va muhim yuridik masalalarni hal etishda ishtirok etdi hamda yuksak malakasi va professional yondashuvi tufayli mijozlar ishonchini qozondi.

An’anaga ko‘ra, kompaniya tashkil topgan kunni butun jamoa bo‘lib nishonlaymiz. Birgalikdagi sayohatlar va norasmiy muloqot har bir loyihamiz ortida turgan kuchni — professionallardan iborat jipslashgan jamoani mustahkamlaydi.

Bugun ABACUS Law Firm rivojlanishda davom etib, yuridik xizmatlar bozoridagi mavqeini mustahkamlamoqda va mijozlariga ishonch bilan oldinga intilishda ko‘maklashmoqda.

Yubiley haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40