ABACUS 2026-yilda IFLR1000 xalqaro reytingida O‘zbekiston bo‘yicha «Moliya va korporativ huquq» (Financial & Corporate) hamda «Loyihalarni rivojlantirish» (Project Development) yo‘nalishlarida e’tirof etildi.
IFLR1000 — biznes uchun mo‘ljal
IFLR1000 moliyaviy, korporativ va investitsiya loyihalarini olib boruvchi yuridik firmalarni baholashga ixtisoslashgan. Reyting xalqaro biznesga turli yurisdiksiyalardagi yuridik xizmatlar bozorida yo‘l topishga yordam beradi.
Jamoa malakasining e’tirofi
- Akmal Sharopov — Notable Practitioner (e’tirof etilgan mutaxassis), Financial & Corporate, Project Development;
- Valentina Sitnikova — Rising Star (istiqbolli mutaxassis), Financial & Corporate.
Bu mijoz uchun nimani anglatadi
- murakkab loyihalar bilan ishlash tajribasi;
- korporativ va moliya huquqi bo‘yicha malaka;
- investitsiya jarayonlarini tushunish;
- xalqaro biznesni huquqiy qo‘llab-quvvatlash;
- qurilish va ko‘chmas mulk sohasidagi loyihalar bilan ishlash.
Korporativ tuzilmalashtirish va investitsiyalardan tortib IT, M&A, ko‘chmas mulk va yirik loyihalarni rivojlantirishgacha. ABACUS — O‘zbekistonda biznes uchun huquqiy hamkor.
Reyting haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.
