Yangiliklar

Rustam Akramov British-Uzbek Law Day tadbirida ma’ruza qildi

ABACUS Law Firm hamkori va korporativ amaliyot rahbari Rustam Akramov Uzbek Arbitration Week doirasida o‘tkazilgan British-Uzbek Law Day tadbirida ishtirok etdi.

Ma’ruza mavzusi: «Buyuk Britaniya va O‘zbekistonda qurilish shartnomalari bo‘yicha nizolarni hal etish mexanizmlarini taqqoslash: FIDIC 2017 bo‘yicha nizolarni hal etish kengashlari (DAB) va mediatsiya».

Ma’ruzada ushbu nizolarni hal etish mexanizmlarining o‘ziga xos jihatlari, ularning biznes uchun afzalliklari va xalqaro qo‘llanilish amaliyoti ko‘rib chiqildi.

Tadbirda yetakchi xalqaro ekspertlar, yuridik hamjamiyat va biznes vakillari mintaqada huquq hamda nizolarni hal etish mexanizmlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun to‘plandi.

Ma’ruza haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40