ABACUS Law Firm xalqaro investitsiya roud-shousida REVERA Law Group va DHH Law Firm bilan birgalikda ishtirok etdi.
Tadbirlar Pekin, Binjou, Sindao va Shanxay shaharlarida bo‘lib o‘tdi va 30 dan ortiq mamlakatdan kelgan yuridik firmalar, shuningdek, xalqaro biznes hamjamiyati vakillarini jamladi.
Roud-shou doirasida ABACUS Law Firm jamoasi O‘zbekiston Respublikasining investitsiya salohiyati, xorijiy investorlar uchun huquqiy mexanizmlar, amaldagi preferensiyalar hamda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda biznes yuritishning amaliy imkoniyatlari haqida taqdimot o‘tkazdi.
O‘zbekistonni xalqaro investitsiyalar va transchegaraviy loyihalar uchun istiqbolli va jadal rivojlanayotgan yurisdiksiya sifatida targ‘ib qilishga hissa qo‘shish biz uchun ayniqsa muhim.
Hamkorlarimiz va tadbirlar ishtirokchilariga mintaqaga bo‘lgan katta qiziqishlari hamda mazmunli professional muloqot uchun minnatdorchilik bildiramiz.
Roud-shou haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.
