Yangiliklar

ABACUS va AloqaVentures startaplarni qo‘llab-quvvatlash uchun kuchlarni birlashtirmoqda

ABACUS va AloqaVentures startaplar hamda fondning portfel kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida kelishib oldi.

Hamkorlik doirasida taraflar quyidagi yo‘nalishlarni ko‘rib chiqmoqda:

  • startaplar va portfel kompaniyalariga huquqiy yordam ko‘rsatish (xususan, korporativ, shartnoma va mehnat huquqi, intellektual mulk, raqamli mahsulotlarni tartibga solish, komplayens, soliqlar va investitsiyalar bo‘yicha), shu jumladan maxsus shartlarda;
  • maslahatlar berish, huquqiy diagnostika o‘tkazish va yuridik xatarlar sharhini tayyorlash;
  • ABACUS yuridik firmasining AloqaVentures tadbirlarida (forumlar, akseleratsiya va ta’lim dasturlari, amaliy seminarlar) ishtirok etishi, ma’ruzalar bilan chiqishi va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishi;
  • ABACUS vakillarini startaplarni rivojlantirish dasturlariga mentor, ekspert va ma’ruzachi sifatida jalb qilish.

Hamkorlik texnologik loyihalar va tadbirkorlarning rivojlanishi uchun yanada barqaror va professional muhit yaratishga qaratilgan.

Hamkorlik haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40