Joymee — ko‘chmas mulk bozori uchun texnologik platforma (proptech). U ko‘chmas mulkni sotib olish, sotish va ijaraga olish jarayonlarini soddalashtiradi hamda foydalanuvchilarga qulay raqamli xizmat orqali mos obyektlarni tez topishga yordam beradi.
Bitim doirasida ABACUS Law Firm yuristlari investitsiya raundini har tomonlama huquqiy qo‘llab-quvvatladi: hujjatlarni tayyorladi va kelishib oldi, bitimni tuzilmalashtirdi, muzokaralar olib bordi hamda jarayonning barcha bosqichlarida mijoz manfaatlarini himoya qildi.
Raund yakunlariga ko‘ra startap quyidagi investitsiyalarni jalb qildi:
- AloqaVentures — $20 000;
- IT Park Ventures — $50 000;
- Nexus Club — $80 000.
Investitsiya bitimlariga huquqiy xizmat ko‘rsatish ABACUS Law Firm amaliyotining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Biz startaplar, investorlar va kompaniyalarga investitsiya jalb qilishda yordam beramiz: hujjatlarni tayyorlaymiz, huquqiy tekshiruv (due diligence) o‘tkazamiz va bitimlarni raund yakunlangunga qadar olib boramiz.
Bitim haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.
