Prezidentning 2026-yil 26-maydagi 100-son Farmoni bilan biznes uchun yangi soddalashtirilgan rejim joriy etildi. Umumiy ovqatlanish va savdo korxonalari, shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalar QQS to‘lashning soddalashtirilgan tartibiga ixtiyoriy ravishda o‘tishi mumkin. Rejim 2026-yil 1-iyundan 2030-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.
Yirik soliq to‘lovchilar va davlat ulushi 50% va undan ortiq bo‘lgan kompaniyalar bundan mustasno.
Biznes nimalarga ega bo‘ladi
- QQS — standart 12% o‘rniga 6%.
- Foyda solig‘idan ozod qilinish.
- Bunda kiruvchi QQSni hisobga olish imkoniyati bo‘lmaydi.
Xabarnoma iyunda topshirilsa — rejim 1-iyuldan
Rejim xabarnoma topshirilgan kundan emas, balki u topshirilgan oydan keyingi oyning 1-sanasidan boshlab qo‘llaniladi.
Kafe va restoranlar: naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushidan qat’i nazar QQSning 40 foizi qaytariladi
Umumbelgilangan soliq rejimidagi umumiy ovqatlanish korxonalariga endi naqd pulsiz to‘lovlar ulushidan qat’i nazar QQSning 40 foizi qaytariladi. Ilgari buning uchun naqd pulsiz hisob-kitoblar ulushi 60% va undan ko‘p bo‘lishi talab etilardi.
ABACUS Law Firm mutaxassislari yangi rejimga o‘tish aynan sizning biznesingiz uchun foydali bo‘lish-bo‘lmasligini baholashga yordam beradi va maqbul yechimni tanlab beradi.
Yangi rejim haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.
