M&A

Kompaniya sotib olyapsizmi? Shartnomadan emas, huquqiy tekshiruvdan boshlang

ABACUS jamoasi umumiy qiymati qariyb 30 mln AQSh dollarini tashkil etgan kompaniyalar guruhini sotib olish bitimini huquqiy qo‘llab-quvvatladi va biznesni har tomonlama huquqiy tekshiruvdan o‘tkazdi.

Hatto muvaffaqiyatli biznesda ham korporativ, sud, mehnat va boshqa sohalarga oid yashirin huquqiy muammolar bo‘lishi mumkin. Ularni lozim darajadagi huquqiy tekshiruvsiz (due diligence) baholab bo‘lmaydi.

Loyiha doirasida ABACUS jamoasi:

  • biznesni lozim darajada huquqiy tekshiruvdan o‘tkazdi;
  • muzokaralarda ishtirok etdi;
  • bitim hujjatlarini tayyorladi, kelishib oldi va ularning imzolanishini ta’minladi.

Puxta huquqiy tayyorgarlik va huquqiy xatarlarni baholash biznesni bir egadan boshqasiga muvaffaqiyatli, ochiq va o‘zaro manfaatli tarzda o‘tkazishning garovidir.

Ushbu loyiha haqida ABACUS Telegram-kanalida batafsil so‘zlab berdik.

Matbuot markazi

Nashr mavzusi bo‘yicha savolingiz bormi?

ABACUS yuristlari qonunchilikdagi o‘zgarishlarni biznesingiz nuqtai nazaridan sharhlab beradi

+998 97 733 30 40