Sardorbek Mamadaliev

Sardorbek Mamadaliev

Bosh yurist

Nizolarni hal etish va arbitraj

Butun jamoa
Faoliyati

Biznes manfaatlarini sudda himoya qilish, xalqaro arbitraj, tijorat nizolari va mediatsiyaga ixtisoslashgan.

Yurist haqida

Sardorbek biznes manfaatlarini sudda himoya qilish, xalqaro arbitraj, tijorat nizolari va mediatsiyaga ixtisoslashgan. U davlat sudlarida, hakamlik muhokamalarida va xalqaro arbitrajda mijozlar manfaatlarini ifoda etadi hamda fuqarolik, tijorat, korporativ va shartnomaviy nizolar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Sport, tibbiyot, infratuzilma va qurilish, chakana savdo, moliya va axborot texnologiyalari sohalaridagi kompaniyalarga maslahat beradi. Uning amaliyoti oldi-sotdi, yetkazib berish va qurilish pudrati shartnomalari bo‘yicha davlat va hakamlik sudlarida hamda arbitrajlarda vakillik qilish, korporativ mojarolarni hal etish, shuningdek, nizolarni suddan tashqari hal etish jarayonlarida ishtirok etishni qamrab oladi.

Toshkent davlat yuridik universitetida LL.B. va LL.M. darajalarini olgan. 2024-yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi advokati maqomiga, 2023-yildan buyon esa professional mediator maqomiga ega. O‘zbek, rus va ingliz tillarini biladi.

Ish yo‘nalishlari
Shu yo‘nalishdagi hamkasblar
ABACUS jamoasi

Masalangizni yurist bilan muhokama qiling

Murojaatni dastlabki ko‘rib chiqish bepul. Ish kunlarida 24 soat ichida javob beramiz.

+998 97 733 30 40